Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan
Taxtako‘prik hamda Maydonbozor MFY hududlaridagi kam ta’minlangan oilalar holati o‘rganildi.
Xonadonlarga tashrif davomida:
yashash sharoitlari o‘rganildi
yoshlar bandligi masalalari muhokama qilindi
kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
doimiy ish o‘rinlari yaratish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi
Oila a’zolari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning muammo, fikr va takliflari tinglandi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari!” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunday manzilli ishlar aholi farovonligini oshirish, yoshlarni munosib ish bilan ta’minlash hamda hudud iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.