Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati F.Dadajonov tomonidan Andijon Davlat pedagogika institutida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda institut rektori B.Rasulov ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘z tashabbuslarini ilgari surish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatida faol va mas’uliyatli bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarning kasbiy rivoji, bandligi va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim tavsiyalar berildi.
✨ Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!