Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash ahvoli

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari o‘zLiDeP a’zosi N.Uralova, M.Xoliqova, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov bilan birgalikda shahardagi 2-Oilaviy poliklinikada aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash ahvoli o‘rganildi. Mazkur 2-Oilaviy poliklinikada 36588 nafar aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilib, kunduzgi statsionar o‘rinlar ham tashkil etilgan. Kunduzgi statsionar o‘rinlarda davolanayotgan bemorlar uchun
46 xil nomdagi dori-darmonlar bilan ta’minlangan.
Shifokorlar bilan suhbatlashilganda mahalladagi ro‘yxat bilan poliklinikadagi aholi ro‘yxatlari solishtirilganda farqlar kelib chiqayotganligi, bu aholini to‘liq qamrab olish va statistik ma’lumotlarni yuritishda noqulayliklar keltirib chiqarayotganligini ma’lum qildilar. Shifokorlar
yetishmovchiligi oqibatida mahallalarda tashkil etilayotgan tibbiy ko‘riklarda muammolarga duch kelinmoqda. Buning yechimi sifatida yosh va bilimli shifokorlar bilan ta’minlash eng muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi. Ushbu masala doimiy komissiyada atroflicha muhokama etilishi belgilab olindi.
  

Slide 1 of 4