Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
Oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligi – bugunning dolzarb masalasi

Oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligi – bugunning dolzarb masalasi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari bo‘yicha biriktirilgan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan "2-Hamkor" okrugi deputati Abdulayeva Kimyo Adilovna tumandagi Farhod dehqon bozorida bo‘lib, bozordagi savdo sharoitlari, mahsulotlar sifati, laboratoriya faoliyati hamda aholi iste’moli uchun zarur mahsulotlar narx-navosini o‘rgandi.

📊 O‘rganish davomida bozorda sotilayotgan go‘sht, baliq, sut va sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, tayyor salatlar hamda boshqa tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati, sifati va xavfsizlik talablari asosida realizatsiya qilinishi yuzasidan monitoring olib borildi. Shuningdek, bozor hududida faoliyat yuritayotgan laboratoriya ish jarayoni, mahsulotlarni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish tartibi va berilayotgan xulosalarning sifati bilan yaqindan tanishildi.

🗂 Ta’kidlash joizki, bozorlarda tez buziladigan mahsulotlarni sotish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 253-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bozorlarda savdo qilish qoidalari” hamda amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalari (SanQvaN) asosida tartibga solinadi. Mazkur talablarga muvofiq, tez buziladigan mahsulotlar faqat sovitish va muzlatish uskunalari bilan jihozlangan rastalarda saqlanishi va sotilishi, mahsulotlarning yaroqlilik muddati hamda sifat ko‘rsatkichlari ustidan doimiy nazorat olib borilishi lozim.

🕯 Monitoring jarayonida bozorda aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining yetarliligi, narx-navolar barqarorligi va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar ham atroflicha o‘rganildi. Savdo rastalarida mahsulotlar assortimenti, sifat darajasi hamda sanitariya talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

📈 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlovchi sotuvchilarning maxsus sanitariya kiyimlarida faoliyat yuritishi, tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tganligi va sanitariya daftarchalarining mavjudligi ham ko‘zdan kechirildi.

🗣 O‘rganish yakunida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etish, bozorlarda sifatli mahsulotlar savdosini yo‘lga qo‘yish hamda narx-navolar barqarorligini saqlash, aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim omillaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4