Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
To‘rtinchi masala: Angor tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda ichimlik suvi ta’minotining bugungi holati to‘g‘risida “Surxondaryo suv ta’minoti” MChJ Angor tuman bo‘limi boshlig‘i Fayziyev Bahodir Yuldoshevichning hisoboti tinglandi.

To‘rtinchi masala: Angor tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda ichimlik suvi ta’minotining bugungi holati to‘g‘risida “Surxondaryo suv ta’minoti” MChJ Angor tuman bo‘limi boshlig‘i Fayziyev Bahodir Yuldoshevichning hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2026-yil 1-yanvar holatiga Angor tumanida jami 149 400 nafar aholi istiqomat qilmoqda. Shundan 68 233 nafari yoki 45,7 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. 52 611 nafari yoki 35,3 foizi muqobil ichimlik suvi manbalaridan foydalanmoqda. 28 556 nafari yoki 19 foiz aholi esa ichimlik suvi bilan maxsus transport vositalari orqali ta’minlanib kelinmoqda.

Tumandagi mavjud 36 ta mahalladan 7 tasiga, jumladan Kayran, Markaz, Madaniyat, Qo‘shtigirmon, Yangi Hayot, Chinobod va Do‘stlik mahallalariga markazlashgan ichimlik suvi tarmoqlari hali yetib bormagan.

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida tumanda faoliyat yuritayotgan suv inshootlaridan 8 tasida suv saqlash havzalari (rezervuarlar) orqali suv uzatilmoqda. Mavjud rezervuarlardan biri ta’mirtalab holatda ekanligi qayd etildi.

Tumanda jami 80 ta yer osti suv quduqlari mavjud bo‘lib, ulardan 35 tasi ta’mirlangan, 19 tasi bo‘yicha ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. 26 ta quduq ishchi holatda emas, shundan 13 tasi konservatsiya qilingan bo‘lsa, yana 13 tasi foydalanishga yaroqsiz holga kelgan.Tuman hududida jami 642,8 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari mavjud bo‘lib, ularning 34,7 foizi ta’mirtalab holatda ekani ta’kidlandi.

2026-yillar davomida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida qator amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, Yangi Turmush mahallasida 1 kilometr yangi suv tarmog‘i tortilib, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Guliston, Navro‘z, Zartepa va Qadimiy Angor mahallalariga 4 dona yangi suv chiqarish nasoslari o‘rnatilib, aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

“Surxondaryo suv ta’minoti” AJ tasarrufidagi ichimlik suvi inshootlarining ekspluatatsiya muddatini uzaytirish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida 6 ta suv saqlash havzasi hamda 24 ta suv minorasi yuvilib, dezinfeksiya qilindi. Bundan tashqari, 3 ta suv minorasida ta’mirlash va bo‘yash ishlari amalga oshirildi.

Sessiya muhokamalar davomida markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov darajasini oshirish, eskirgan tarmoqlarni bosqichma-bosqich yangilash, foydalanishga yaroqsiz quduqlarni rekonstruksiya qilish hamda markazlashgan ichimlik suvi yetib bormagan mahallalarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.