Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI.

SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 21-Chinobod saylov okrugi deputati Mamatova Gulorom tomonidan Chinobod mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, mavjud muammolar hamda hududni rivojlantirishga doir takliflar atroflicha muhokama qilindi. Aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish, ularni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

Deputat tomonidan har bir murojaat alohida nazoratga olinishi, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va ularning muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv aholining fikr va takliflarini bevosita eshitish, hududdagi dolzarb masalalarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 1