Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman markazidagi sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Muammolar ijobiy hal etildi
янв.21
Tuman Kengashi qarorlari ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Oq oltin MFYda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Oltiariq tuman 4-Zilha saylov okrugida Zilha va Tegirmonboshi MFY raislari bilan xudud infrotuzilmasini yaxshilash yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Oltiariq tumani "21-Paxtaobod" saylov okrugi hududida tuman Kengashi deputati Q.Axmedov o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Tuman Kengashi qarorlari ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI CHIQARILDI
янв.21
Tuman Kengashi qarorlari ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Oltiariq tumani 2-Yangiturmush saylov okrugida infrotuzilmani yaxshilash maqsadida aholi murojaatlari o'rganildi
Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Shayxontohur tumanida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari Behruzbek Ummataliyev, Madina Abduqayumova hamda Durdona Shokirova ishtirokida Shayxontohur tumanida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

📝 Tadbirda Shayxontohur tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Karimov hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari va faol yoshlar ishtirok etib, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

💬 Muloqot davomida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatiga oid tasdiqlangan reja-grafikda belgilangan vazifalar, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni mahalliy Kengashlar faoliyatiga keng jalb etish hamda “Yoshlar va deputat” formatidagi uchrashuvlarni muntazam tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📋 Shuningdek, yoshlar maslahat guruhlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, faol va tashabbuskor yoshlarni guruh faoliyatiga keng jalb etish, hududlardagi dolzarb masalalarni tizimli o‘rganish hamda amaliy takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📚 Uchrashuvda yoshlarning ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Tadbir davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish, yoshlar manfaatlarini ta’minlash hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

🔎 Yakunda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatiga oid reja-grafikda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning mahalliy Kengashlar faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarida faol qatnashishini ta’minlash ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5