🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K.Xolmurodov Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan xorijda ishlab va ta‘lim olib yurgan yoshlar, shuningdek, migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan onlayn va oflayn formatda ochiq muloqot o‘tkazdi.
🔸Uchrashuv davomida yoshlarning ta‘lim olishi, xorijda orttirgan tajribasidan samarali foydalanishi, yurtimizga qaytgach munosib ish bilan ta‘minlanishi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashi masalalari muhokama qilindi.
🔸Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirdi. Xususan, ishga joylashish, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.