Namuna MFYdagi murojaatlar joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov tomonidan Namuna MFY fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududda xonadonlar soni ortib borayotgani sababli yozning issiq kunlarida elektr energiyasi quvvatining yetarli emasligi yuzasidan aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi. Shuningdek, hududga yangi o‘rnatilgan beton elektr ustunlariga hali elektr simlari tortilmaganligi hamda ayrim joylarda ma’nan va jismonan eskirgan yog‘och elektr ustunlari mavjudligi aniqlandi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, masalalarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi. Fuqarolar murojaatlarining ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.