Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman markazidagi sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Muammolar ijobiy hal etildi
янв.21
Tuman Kengashi qarorlari ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Oq oltin MFYda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Oltiariq tuman 4-Zilha saylov okrugida Zilha va Tegirmonboshi MFY raislari bilan xudud infrotuzilmasini yaxshilash yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Oltiariq tumani "21-Paxtaobod" saylov okrugi hududida tuman Kengashi deputati Q.Axmedov o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Tuman Kengashi qarorlari ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI CHIQARILDI
янв.21
Tuman Kengashi qarorlari ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Oltiariq tumani 2-Yangiturmush saylov okrugida infrotuzilmani yaxshilash maqsadida aholi murojaatlari o'rganildi
Soliq tushumlari va byudjet ijrosi yuzasidan hisobot o‘rganildi

Soliq tushumlari va byudjet ijrosi yuzasidan hisobot o‘rganildi

Termiz tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan taqdim etilgan 2025-yil yakunlari hamda 2026-yilning I choragi davomida mahalliy byudjet daromadlari prognozining ijro etilishi, mavjud qo‘shimcha manbalarni aniqlash va safarbar etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan batafsil o‘rganildi.

Deputatlar o‘z vakolatlari doirasida hisobotda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi, byudjet ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi hamda soliq tushumlarini oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlarning samaradorligini joyiga chiqib o‘rgandilar. Jarayonda tegishli hujjatlar va statistik ma’lumotlar atroflicha tahlil qilinib, hisobotda aks ettirilgan ko‘rsatkichlarga amaliy baho berildi.

O‘rganishlar yakunida sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan aniq xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, byudjet daromadlarini yanada ko‘paytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda byudjet jarayonlarining ochiqligi va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar shakllantirildi.

Slide 1 of 2