Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oltiariq tumani hokimi Sh.Turdaliev Fayziobod mahallasida PQ-298 qarori ijrosi doirasidagi ishlar bilan tanishdi.
янв.21
O‘quv-amaliy seminar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT DAFTARIGA QAYD ETILGAN MUAMMO O'Z YECHIMINI TOPDI
янв.21
Sport maktabidagi ta'mirlash ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Deputat tomonidan saylov okrugidagi sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filialining Oltiariq tuman tez tibbiy yordam stansiyasi "Tinchlik" shaxobchasi foydalanishga topshirildi.
Elektr ta’minoti tizimi faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Elektr ta’minoti tizimi faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri aholini elektr energiyasi, issiqlik va kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash masalalarini tizimli o‘rganish hisoblanadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich boshchiligida komissiya a’zolari Abdullayeva Kimyo Adilovna, Djalolov Sanjar G‘ayratovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan Uchtepa tumani elektr ta’minoti korxonasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxona tomonidan 79 189 nafar iste’molchiga xizmat ko‘rsatilayotgani, shundan 75 815 nafari jismoniy va 3 374 tasi yuridik iste’molchilar ekani ma’lum qilindi. Korxona tasarrufida 6 ta podstansiya, 8 ta taqsimlash punkti, jami 1010 kilometr elektr tarmoqlari hamda 584 ta transformator punktlari mavjud. Shundan 698,94 kilometri yer osti kabel tarmoqlari, 311,06 kilometri esa havo elektr uzatish tarmoqlaridan iborat.

Ta’kidlanganidek, 2025-yilda investitsiya dasturlari doirasida 28,7 kilometr SIP tarmoqlari, 8 kilometr 6–10 kV elektr tarmoqlari qurilib, 2 ta transformator va 4 ta transformator punkti yangilangan. Shuningdek, Karvon va Qatortol podstansiyalarida modernizatsiya ishlari amalga oshirilgan. Bundan tashqari, boshqa dasturlar doirasida 22,6 kilometr SIP tarmoqlari, 67,5 kilometr 6–10 kV elektr tarmoqlari tortilib, 22 ta transformator va 5 ta transformator punkti yangilangan.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 2025-yilda 55 ta transformator punkti va 94,87 kilometr elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirlangan, 134 ta transformator punkti hamda 127,5 kilometr tarmoqlarda joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan.

2026-yil rejasiga ko‘ra, 77 kilometr SIP tarmoqlari, 40 kilometr 6–10 kV elektr tarmoqlari qurilishi, 10 ta transformator va 5 ta transformator punktini yangilash belgilangan. Joriy yilning 1-iyun holatiga ko‘ra 24,1 kilometr SIP tarmoqlari, 2,8 kilometr 6–10 kV tarmoqlar qurilgan hamda 10 ta transformator to‘liq o‘rnatilgan.

O‘rganish jarayonida deputatlar dispetcherlik xizmati, omborxonalar, maxsus texnikalar, avariya brigadalari faoliyati hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan ham tanishdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori bilan tasdiqlangan elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti hamda Prezidentning PQ–4525-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash jarayonlarini raqamlashtirish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish va xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida doimiy komissiya tomonidan elektr ta’minoti barqarorligini yanada mustahkamlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 8