Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
Deputat tashabbusi bilan ichki yo‘llar ta’mirlandi, ijro jarayoni o‘rganildi

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-330-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarorlariga asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha shakllantirilgan Manzilli ro‘yxatga deputatlar tashabbusi bilan (https://t.me/bust_kengash/6817) kiritilgan "S.Raximov" mahallasining ko‘chalarida amalga oshirilayotgan ishlar xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida yo‘llarning nosoz qismi to‘liq ta’mirlanib, tekislash va asfalt qoplamasini yangilash ishlari amalga oshirilganligi, buning natijasida mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratilganligi ko‘zdan kechirildi.

🔷Shu bilan birga, xalq vakillari tomonidan tanlangan yo‘llarda olib borilayotgan ishlar sifati belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi. deputatlari tuman Kengashi raisi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida yo‘llarning sifati, bajarilgan ishlar hajmi hamda aholi fikrlari atroflicha tahlil qilindi.

🔷Shuningdek, mas’ullarga yo‘llarni sifatli saqlash, kelgusida bunday loyihalarni kengaytirish hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

🔷Oʻrganish va nazorat ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 4