Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyati mudiri Doniyor Tursunkulov hamda shahar Kengashi deputati I.Abduraxmonov ishtirokida hududdagi tadbirkor Sohiba Xudoyorova xonadonida joylashgan issiqxonaga tashrif buyurildi.
📎Tashrif davomida issiqxonada yetishtirilayotgan qulpinay, bolgarqalampir ko‘chatlarining rivojlanish holati, agrotexnik ishlov berish, sug‘orish va parvarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
🖇Shuningdek, mutaxassislar tomonidan hosildorlikni oshirish, resurslardan samarali foydalanish hamda ekologik toza mahsulot yetishtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va zarur ko‘maklar berildi.