XALQ DEPUTATLARI OLTIARIQ TUMAN KENGASHI DEPUTATI, “SHUHRAT” MEDALI SOHIBI QILICHBEK DADAPARPIYEVICH AHMEDOV FAOLIYATI
Qilichbek Dadaparpiyevich Ahmedov “Zilol” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida samarali faoliyat olib bormoqda. 670 ta xonadon to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, so‘nggi uch yilda 250 nafar fuqaroga 5,7 mlrd so‘m kredit ajratildi va 450 ta ish o‘rni yaratildi. Issiqxonalar soni 9 tadan 320 taga yetdi, mahsulotning asosiy qismi eksport qilinmoqda. 110 nafar yosh va xotin-qizga yer ajratilib, sabzavotchilik yo‘lga qo‘yildi. 200 ga yaqin tadbirkorlik sub’ekti tashkil etildi, infratuzilma yaxshilandi. Natijada mahallada bandlik oshib, kambag‘allik sezilarli darajada kamaydi.