Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida
янв.21
Navbahor MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi ijobiy hal etildi
янв.21
Oltiariq tumanida qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida suv yetkazib berish tizimi va kollektor-drenaj tarmoqlari holati o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTIARIQ TUMAN KENGASHI DEPUTATI, “SHUHRAT” MEDALI SOHIBI QILICHBEK DADAPARPIYEVICH AHMEDOV FAOLIYATI
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Deputatlar tomonidan Oqbo‘yra mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasida sog‘liqni saqlash vazirligiga taklif kiritildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining sayyor qabulida kelib tushgan murojaatlarni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
"OCHIQ BUDJET" LOYIHALARI IJROSIDA – XALQ MANFAATI USTUVOR!

"Ochiq byudjet" doirasida tanlangan loyihalarni amalga oshirishda nafaqat belgilangan muddat va sifat, balki fuqarolarimizning mulkiy daxlsizligi va kundalik turmush qulayligi ham ustuvor vazifa sanaladi.

Ayni kunlarda Urganch shahrida amalga oshirilayotgan 300 metr uzunlikdagi irrigatsiya tizimi (lotok) qurilishi jarayoni bu borada mas’uliyatli yondashuv qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib berdi. Loyihaning dastlabki loyihalashtirish bosqichida qurilish ishlarini aholi xonadonlari oldidagi obodonlashtirilgan hududlar — barchaga manzur bo‘lgan burchatkali (bruschatka) yo‘laklar orqali o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Bu esa, tabiiyki, aholining shaxsiy mulkiga ziyon yetkazish xavfini tug‘dirar edi.

Biroq, vaziyatni chuqur tahlil qilgan mas’ullar va Urganch shahar Kengashi raisi va deputatlari tomonidan oqilona yechim topildi. Qurilish loyihasi qayta ko‘rib chiqilib, ish jarayoni yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ko‘chirildi. Natijada, birorta ham xonadonning fasad qismiga yoki obodonlashtirilgan maydonlariga zarar yetkazilmasligi ta’minlandi.

Mazkur jarayonni nazorat qilish maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi va deputatlari ishtirokida joylarda o‘rganish ishlari olib borildi. Mas’ullarning asosiy maqsadi – qurilish ishlarining nafaqat sifatli va belgilangan muddatda yakunlanishini nazorat qilish, balki har bir qaror zamirida xalq manfaatini asrashdir.

Bu kabi holatlar – mahalliy boshqaruv tizimida nafaqat loyiha raqamlari, balki inson omili va xalq roziligi birinchi o‘rinda turganligining yaqqol isbotidir. Binobarin, aholi bilan hamjihatlikda qilingan har qanday ish o‘zining samarasi va uzoq umr ko‘rishi bilan ajralib turadi.