Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 6–10-APREL KUNLARI ISH REJASINING BAJARILISHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

#Ish_reja_ijrosi

XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 6–10-APREL KUNLARI ISH REJASINING BAJARILISHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

Kengash faoliyati va ish reja ijrosiga oid

1️⃣Tumanda hunarmandchilikni rivojlantirish yo‘nalishida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi holati o‘rganildi.

2️⃣Payariq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiya tarkibi qayta ko‘rib chiqilib, yangidan tasdiqlandi.

3️⃣Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan Kengash tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.

4️⃣Doimiy komissiya yig‘ilishida suv bilan barqaror ta’minlangan hamda ta’minlanmagan hududlarda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari ro‘yxati ko‘rib chiqildi va tegishli takliflar ishlab chiqildi.

5️⃣Tumanda meliorativ obyektlarni rivojlantirish doirasida 2027-yil Davlat dasturiga kiritish uchun taklif etilayotgan “Choshtepa” kollektorini ta’mirlash va tiklash loyihalari obyektlarining manzilli ro‘yxati muhokama qilindi.

Tashkiliy tadbirlar

1️⃣Payariq tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida Bunyodkor mahallasida joylashgan “Ush Sabina” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosida qurilish ishlari yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

2️⃣“Xo‘jaobod” mahallasida xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimlar faoliyati o‘rganilib, ular bilan muloqot o‘tkazildi hamda mavjud muammolar yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

3️⃣Tumandagi 92-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi va qurilish jarayonining belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan monitoring amalga oshirildi.

4️⃣Zarafshon mahallasida xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori hamda yoshlar yetakchisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

4️⃣aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

5️⃣“Mustaqillik” mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etilib, fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

6️⃣“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlik doirasida dolzarb huquqiy va ijtimoiy masalalar muhokama qilindi.

🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 1