O‘rganish jarayonida:
* Savdo rastalaridagi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari (un, yog‘, go‘sht, guruch, sabzavot va mevalar) narxlari tahlil qilindi;
* Tadbirkorlar hamda sotuvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, mahsulotlar yetkazib berilishidagi muammolar muhokama qilindi;
* Aholi bilan muloqot qilinib, narx-navolardan qoniqish darajasi o‘rganildi;
* Sanitariya-gigiyena holati va savdo madaniyatiga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijasida ayrim mahsulotlar narxida mavsumiy o‘zgarishlar kuzatilayotgani, narxlar asosan yetkazib berish xarajatlari va mavsumiy omillar bilan bog‘liqligi aniqlandi.
Shuningdek, bozorda narxlarning sun’iy oshirilishining oldini olish, mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.