🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi deputati M.Aynashova tumanning “Bog‘cha ovul” mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazildi.
🔹Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, moddiy yordam ajratish tartib qoidalari, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
🔹Tadbir yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish ishlariga aniqlik kiritish maqsadida mas’ullarga deputatlik so‘rovlarini yuborish ma’lum qilindi.