Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" tanlovi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga barcha birdek masʼul
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” —xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus
янв.21
Deputatlar aholi tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlamoqda
Marg‘ilon shahar hokimi, shahar Kengashi deputati Shukurulloxon Nisbatxonov saylovchilar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari har chorakda kamida bir marotaba o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berishlari belgilangan.

Bu esa, erkin fuqarolik jamiyati qurish, deputatning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga sabab bo‘ladi.

Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Shukurulloxon Xolmatxonovich saylovchilar bilan uchrashib, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirishni ustuvor vazifa etib belgilagan holda mahallalarda xavfsiz muhitni ishonchli taʼminlash boʻyicha manzilli profilaktik chora-tadbirlar tizimini samarali joriy etish orqali jinoyatchilikni keskin kamaytirish hamda oila-turmush munosabatlari doirasida hamda ayollar va yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning asl omillarini ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilish orqali ularning barvaqt oldini olish boʻyicha yangi ishlash mexanizmlarini belgilash kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi. 

Slide 1 of 5