"Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" tanlovi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi kotibiyati tashabbusi va maktab maʼmuriyati hamkorligida 14-umumtaʼlim maktabida "Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" mavzusida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Oltiariq tumanini korrupsiyadan holi hududga aylantirish, aholi orasida unga qarshi murosasiz muhitni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash va yoshlar o‘rtasida halollikni targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblar aniqlanib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.