Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" tanlovi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga barcha birdek masʼul
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” —xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus
янв.21
Deputatlar aholi tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlamoqda
Quvasoy shaharda Jamoatchilik nazorati amalda!

PF–158-son Farmonida belgilangan 60-maqsad doirasida ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik nazorati tadbirini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

Mazkur reja asosida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari D.Mexmonova va N.Elchiyevalar tomonidan Quvasoy shahrida ko‘p xonadonli uylarni boshqarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv tashkilotlari faoliyati, uylarni saqlash va ta’mirlash holati, kommunal xizmatlar sifati hamda aholi murojaatlariga munosabat masalalari o‘rganildi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mas’ul idoralarga kiritilishi belgilandi. Bu kabi monitoringlar aholi manfaatlarini himoya qilish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2