Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltiariq tumanida tez tibbiy yordam shohobchasi rekonstruksiya qilinmoqda
янв.21
Yoshlar salomatligi — ustuvor vazifa: Koʻmirchi mahallasidagi 30-maktab futbol maydoni taʼmirlanadi
янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" tanlovi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga barcha birdek masʼul
Yoshlar — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining intellektual tayanchi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova tashabbusi bilani Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida 2026 yil 14-fevral kuni O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning 543 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda xalq vakili F. Salomova o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning hayotiga, uning asarlaridagi ma’naviy-tarbiyaviy jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar tomonidan tayyorlangan Zahiriddin Muhammad Boburning ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida ma’ruza qilindi. Tadbir davomida Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azallari va ruboiylaridan o‘qib eshittirildi. So‘ngra Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorina savol-javoblari bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

️ Mazkur davra suhbati yoshlarni ilm-fan, ijodkorlik va innovatsion tafakkur sari ruhlantirish, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini kengaytirish hamda intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratildi.

Slide 1 of 5