Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" tanlovi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga barcha birdek masʼul
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” —xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus
янв.21
Deputatlar aholi tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlamoqda
Deputat o‘zi saylangan Shashof Rashidov va Amir Temur mahallasida mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati T.Berdiyarova o‘zi saylangan Shashof Rashidov va Amir Temur mahallasi hududida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar hamda mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘rganish tashrifini amalga oshirdi.

Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi boshchiligidagi mahalla yettiligi — hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori hamda ijtimoiy xodimlar ishtirokida hududdagi bandlik, ijtimoiy himoya, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida olib borilayotgan manzilli ishlar muhokama qilindi. Mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, aholi bilan ishlash tizimi va erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Deputat hudud infratuzilmasi — ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti, obodonlashtirish hamda sanitariya holati bilan ham tanishdi. Ayrim mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, deputat navbatdagi tashriflar davomida fuqarolarning muammolarini joyiga chiqib o‘rganish, har bir murojaatni manzilli hal etish hamda aholi bilan doimiy ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish zarurligini alohida ta’kidladi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 5