Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Korrupsiya: Kelajak poydevorini yemiruvchi illat

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Murotali Qabilov tumandagi ta’lim dargohlarida jamiyatimizning eng og‘riqli nuqtalaridan biri bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tkazdi.

Tadbirda korrupsiya nafaqat iqtisodiy zarar, balki jamiyatning ma’naviy poydevorini yemiruvchi, adolat mezonlarini buzuvchi xavf ekanligi hayotiy misollar bilan tushuntirildi. 

Ayniqsa, yoshlar uchun "halollik vaksinasi" eng zaruriy ma’naviy qurol ekanligi alohida ta’kidlandi.

Muloqot davomida talabalar shunchaki tinglovchi emas, balki faol ishtirokchiga aylandilar. Ular bilan qonun ustuvorligini ta’minlash va poraxo‘rlikka nisbatan jamiyatda "murosasiz immunitet" hosil qilish yo‘llari muhokama qilindi. Zero, korrupsiyasiz jamiyat qurish – har bir fuqaroning vijdoniy burchidir.

Slide 1 of 4