Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" tanlovi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga barcha birdek masʼul
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” —xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus
янв.21
Deputatlar aholi tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlamoqda
Mahalliy budjet va iqtisodiy islohotlar yo‘nalishidagi ishlar tahlil qilindi

Bugungi sessiyada Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Doimiy komissiya raisi S.Abdug‘aniyev tomonidan taqdim etilgan hisobotda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilgani ta’kidlandi.

📊 Hisobot davrida:

30 marotaba doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, 58 ta masala muhokama qilindi;

Mahalliy budjet loyihalari va uning ijrosi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi;

Budjetga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha xulosalar tayyorlandi;

Budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi;

Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish jarayonlari nazorat qilindi.

🔎 Shuningdek:

Tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi;

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi;

Investitsiyalar, turizm va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan dasturlar monitoring qilindi;

Hududning qo‘shimcha daromad zaxiralarini aniqlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borildi.

Yil davomida 20 dan ortiq o‘rganish va monitoring ishlari amalga oshirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi hamda qarorlar ijrosi doimiy nazoratga olindi.

Sessiya davomida mahalliy budjet barqarorligini ta’minlash, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1