Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" tanlovi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga barcha birdek masʼul
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” —xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus
янв.21
Deputatlar aholi tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlamoqda
#Doimiy_kommissiya_yig'ilishi

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 29-yanvar kuni Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masala atroflicha ko‘rib chiqildi:

Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti.

Yig‘ilish tafsilotlari: Hisobot davomida 2025-yilda shaharda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat dasturlari doirasida bajarilgan ishlar tahlil qilindi. Komissiya a’zolari tomonidan erishilgan natijalar bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.

Yakunda ko‘rilgan masala yuzasidan komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 7