Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navqiron mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Oltiariq tumanida aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazildi
янв.21
Oltiariq tumanida tez tibbiy yordam shohobchasi rekonstruksiya qilinmoqda
янв.21
Yoshlar salomatligi — ustuvor vazifa: Koʻmirchi mahallasidagi 30-maktab futbol maydoni taʼmirlanadi
янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" tanlovi
Tuman Kengashi deputati tashabbusi bilan Sarikul mahallasi aholisiga qulaylik yaratildi

✅ Nurobod tumani Sarikul mahallasidagi 16-umumta’lim maktabida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning ota-onalarini uzoq vaqtdan buyon tashvishga solib kelayotgan ko‘prik masalasi hal etildi.

 ✅ Sarikul mahallasi Yangi hayot guzarida yashovchi aholi farzandlari maktabga borishlarida shu hududda katta soy mavjudligi, ushbu soyda bahor faslida suv kelishi oqibatida o‘quvchilar maktabga borishlarida muammolar bo‘layotganligi aniqlandi.

 ✅ Ushbu masala xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov tashabbusi bilan o‘rganilib, qisqa muddatda amaliy yechim topildi. Ushbu soyga aholi bilan hashar yo'li orqali ko‘prik qurib bitkazildi.

 ✅ Natijada o‘quvchilar uchun maktabga qulay borib kelish imkoniyati yaratildi, ota-onalarning xavotiri bartaraf etildi. Mazkur ish aholi tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Slide 1 of 4