📍 26-Chorguzar saylov okrugi deputati A.Appaqov hududlarda
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A.Appaqov "Sanoat" va “O‘zbekiston” MFYlariga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida mahallalarda olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.
Shuningdek, kun davomida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. 🏗️ Olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat aholi farovonligini oshirish, mahallalarda qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etishini ta’kidladi. 🤝