Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi 25-Nurobod okrugi deputati D.Ahmedov, O'zLiDep partiyasi vakillari Yangi Hayot mahallasida bo‘lib, "Мahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Uchrashuvda mahalla raisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy hodim, ayollar faoli va yoshlar yetakchisining hisobotlari tinglandi. Amalga oshirilgan ishlar muhokamasida hududni kambag'allikdan holi hududga aylantirish bo'yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, Mahallada ishsiz ayollarni bandligini ta‘minlash va 2026-yilda qilinadigan ishlar yuzasidan takliflar va chora-tadbirlar belgilandi.