Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Deputat va yoshlar” – ochiq muloqot maydoni

“Deputat va yoshlar” – ochiq muloqot maydoni

 Bo‘ka pedagogika texnikumida Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi deputati T.Mirzayeva tomonidan yoshlar bilan “Deputat va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuv davomida deputat tomonidan davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim va bandlik yo‘nalishidagi islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan fikr almashildi.

 Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ochiq va samimiy muloqot olib borildi.

 Mazkur uchrashuv yoshlar faolligini oshirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 4