Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" tanlovi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga barcha birdek masʼul
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” —xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus
янв.21
Deputatlar aholi tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlamoqda
Tomorqadan – farovonlik sari: Sariosiyo mahallasida ayollar tashabbusi

✅O‘ZLIDEP Toyloq tuman Kengashi hamda tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova tomonidan Sariosiyo mahallasida aholi tomorqalaridan foydalanish holatlari bilan tanishildi. Uchrashuv davomida mahalladagi faol tomorqachi ayollarning mehnati, tashabbusi hamda erishilayotgan samarali natijalari bilan yaqindan tanishildi. 

 ✅Mahallada tomorqachilikni rivojlantirib, boshqalarga ham o‘rnak bo‘layotgan ayollardan biri Hafiza Mamatova hisoblanadi. U 6 sotixli hovlisida sabzi yetishtirib, yil davomida 2–3 marta hosil olish orqali 100 million so‘mgacha daromad qilayotganini ta’kidladi. 

 — Hovlimda samarali mehnat qilib, farzandlarim oldida, o‘z yurtimda daromad topapman. Bu yil o‘g‘limni uylantirdim, to‘y qildik. Chet elga chiqmasdan ham halol mehnat bilan ro‘zg‘orni obod qilish mumkin, — deydi u faxr bilan. 

  ✅Shuningdek, Ozoda Ziyodullayeva va Sabina Akbarova 4 sotixli hovlilarida karam ko‘chatlari yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Ayniqsa, yosh tadbirkor Sabina Akbarovaning sa’y-harakatlari e’tiborga molik. 

 — Hozirda 16 mingta karam ko‘chati parvarishlayapman. Ko‘chatlar tayyor bo‘lgach, o‘rniga erta pishar pomidor va bodiring ekib, qo‘shimcha daromad olamiz. Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining 3-bosqich talabasiman. O‘qishimni shartnoma pulini aynan shu mehnat orqali to‘layapmiz, — deydi u ishonch bilan. 

  ✅O‘ZLIDEP tomonidan tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar loyihaning muhim maqsadlariga xizmat qilmoqda. Xususan, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, bir yilda 2–3 marta hosil olish imkonini yaratish, tajribali tomorqachi ayollar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish, “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida mahallalarni aniq ekin turlariga ixtisoslashtirish hamda tajribali fermer va tadbirkorlari faoliyatlarini ommalashtirishdan ibortdir. 

  ✅Bunday amaliy ishlar mahallalarda bandlikni ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va eng muhimi, aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sariosiyo mahallasidagi tomorqachi ayollar esa bu borada o‘z mehnati, irodasi va tashabbusi bilan haqiqiy ibrat maktabiga aylanmoqda. 

Slide 1 of 4