Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" tanlovi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga barcha birdek masʼul
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” —xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus
янв.21
Deputatlar aholi tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlamoqda
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING O‘N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi xodimlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich olib bordi.

Sessiya ishida dastlab, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari to‘g‘risida tuman hokimi A.Mamatqulovning hisoboti eshitildi.

Tuman hokimi hisobotida quyidagilarga to‘xtalib o‘tdi.

- tumanni rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi ijrosi;

- yoshlar va xotin-qizlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish;

- aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda kambag‘allikni qisqartirish shuningdek, aholi bandligini ta’minlash choralarining ijrosi;

- investitsiya loyihalarini va hududning eksport salohiyatini oshirish choralarining ijrosi;

- qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati bo‘yicha doimiy nazorat ishlari yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida.

Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli mas’ullarning hisobotlari tinglanib, deputatlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Sessiya ishi “Facebook” ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi

Slide 1 of 13