Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" tanlovi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga barcha birdek masʼul
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” —xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus
янв.21
Deputatlar aholi tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlamoqda
Deputatlar faoliyati: hududiy rivojlanish va ijtimoiy adolatga qaratilgan muhim qadam

 Hududlarda aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy adolatni ta’minlash va davlat islohotlarining samarasini joylarda amalga oshirishda mahalliy Kengash deputatlarining ishtiroki tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholining yashash sharoiti, kommunal infratuzilmaning
holati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari atroflicha o‘rganildi.
 

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar deputatlik korpusi e’tiboriga olindi. Har bir murojaat amaldagi davlat siyosatining “inson qadri uchun” tamoyiliga mos ravishda ko‘rib chiqilib, joylardagi ijtimoiy muammolarni tezkor hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Deputatlarning faol ishtirokida olib borilayotgan bu jarayon, bir tomondan, aholi manfaatlarini ifoda etish va hududiy rivojlanishni ta’minlashda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining nufuzini oshirsa, ikkinchi tomondan, davlatning ochiqlik va samarali muloqotga asoslangan yangi siyosiy madaniyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 4