Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ramazon oyida narxlar barqarorligi – deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi ishtirokida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Mirfozil mahallasida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
янв.21
Deputat mahallada olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi eng yaxshi kontent" tanlovi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga barcha birdek masʼul
янв.21
“Mahallaning ishbilarmon ayoli” —xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus
янв.21
Deputatlar aholi tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlamoqda
Jonajon Vatanimiz gullashi – mehnatkashlarning fidoyiligida!

Jonajon Vatanimiz gullashi – mehnatkashlarning fidoyiligida!

Jonajon Vatanimiz rivoji, dalalarimiz gullab-yashnashi, el rizqi va yurt farovonligi yo‘lida belni mahkam bog‘lab, sidqidildan mehnat qilayotgan fidoyi paxtakorlar — yurtimiz iftixoridir! 

Shu ezgu mehnat ahli bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning yuzidagi quvonchni ko‘rish, ter bilan boy bo‘lgan rizqqa extirom bildirish maqsadida

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari — Ilxomjon Abduraxmonov, Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov hamda

O‘zLiDeP Farg‘ona tuman Kengashi apparati rahbari Saidaxon Otajonovalar Yangi yo‘l, Xonqiz va O‘zbekiston mahallalarida bo‘ldilar.

Dalalardagi fidoyi mehnatkashlarga deputatlar samimiy “Xormang!” deya murojaat qilib, ularning mehnati, sabr-toqati va Vatanga bo‘lgan muhabbatini yuksak e’tirof etdilar.

Mehnatning sharafi, paxtakorning qiyofasida namoyon bo‘ladi. Shu bois, deputatlar tomonidan ularga TAShAKKURNOMALAR va estaliq sovg‘alar topshirildi.

Bu tashrif — xalq vakillarining yurt xizmatkorlariga bo‘lgan minnatdorligi, mehnatkash insonga bo‘lgan hurmat va e’tiborining amaliy ifodasi bo‘ldi. 

Sidqidil mehnat qilgan paxtakorlar barchamizning iftixorimizdir!

Sizlar bor ekan — el rizqi, yurt gullashi, Vatan ravnaqi ta’minlanadi!

Slide 1 of 8