Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
65-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSI: QONUNLARNI O‘RGANISH VA IJROSINI TA’MINLASH
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI
янв.21
OBODONLASHTIRISH SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR ANIQLANIB, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI — DEPUTATLIK NAZORATI OSTIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Yangiobod SHFYda hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, xonadonlarning iqtisodiy salohiyatini aniqlash, kasb-hunarga ega fuqarolarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va o‘zini o‘zi band qilish istagidagi aholiga amaliy ko‘mak berish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.

Deputat tomonidan ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash va ularni daromadli faoliyatga jalb etish;
— Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
— Aholiga mavjud imtiyozlar, moliyaviy ko‘mak va tadbirkorlik dasturlari haqida tushuntirish berish;
— Fuqarolar murojaatlarini o‘rganib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralarni belgilash. yuzasidan tavsiyalar berdi.

Maqsad — Yangiobod SHFYda bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish va mahallaning iqtisodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanishga ko‘maklashish.

Slide 1 of 2