Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“9-may – Xotira va qadrlash kuni”
янв.21
9-may Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayrami tarzida keng nishonlanadi
янв.21
"Xavfsiz va sog’lom yurt" oyligi doirasida targ'ibot uchrashuvi bo’lib o’tdi
янв.21
Muloqot – yechim sari odil qadam!
янв.21
"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Shaxnoza Umarxodjayeva fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil qildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Bahriddin Nurmatov mahallalardagi murojaatlarni o‘rganmoqda
янв.21
Deputat Аminov Anvarxon Kazimovich 2025-yilning birinchi choragida faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya qo‘shma yig‘ilishi
янв.21
“Imkoniyati cheksiz ayollar” forumi — bu imkoniyatlar maydoni, tajriba almashish, yangi tashabbuslar va hamkorliklar uchun ochiq platformadir.
Xalq vakili saylovchilar bilan uchrashdi

Deputat- xalq vakili. U odamlar dardini tinglash, xalqning mehrini qozonish, ishonchini oqlash uchun saylangan. Bugun odamlar orasiga kirmay, ular bilan muloqot qilmay joylardagi muammolarga yechim topib bo‘lmasligi aniq.

Shu nuqtayi nazardan ular xalq vakili sifatida xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilishi kerak. Saylovchilar bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilgan joyda muammo bo‘lmaydi, farovonlik hukm suradi, o‘zgarish bo‘ladi.

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova Qo‘rg‘ontepa tumanining eng chekka hududidagi “Eshonobod”MFYda aholi vakillari hamda “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Aholi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda deputat X.Xalilova yurtimizda xalq farovonligiga erishish va turmush darajasini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar va ayollarning bandligini ta'minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tomoqalardan unumli foydalanish, shuningdek migrasiya masalalari xususida batafsil so‘z yuritdi.

Ochiq muloqot tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda aholi vakillari tomonidan eski, 60 yillik elektr toki tortilgan simyog‘ochlarning nozosligi, “Eshonobod” mahallasining Zarkent ko‘chasi 3 km masofadagi yo‘lni ta'mirtala, bo‘sh turgan binodan aholi manfaatiga xizmat qiladigan sex tashkil qilish kerakligi kabi masalalar yuzasidan mahalla oqsoqoli Isroiljon Soliev tomonidan murojaat qilindi.

Xalq vakili keltirilgan muammolarni yechimi bo‘yicha muasaddi tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovi yuborishini bildirdi.

Slide 1 of 4