35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTATLARGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR DAVOMATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha hamds Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
DEPUTATLARGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR — EKOLOGIK VA INFRASTRUKTURA NAZORATI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
10-“AHIL” SAYLOV OKRUGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLAR NAZORATIDA
XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

📚Sessiyada kun tartibidan o‘rin olgan bir qator muhim masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

📌 KUN TARTIBIDAGI ASOSIY MASALALAR:

🔹 1-masala.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga 1-“Shifokorlar”, 11-“Umid”, 22-“Yangi Sebzor”, 26-“Farobiy” va 28-“Chimboy” saylov okruglaridan bo‘shab qolgan o‘rinlarga o‘tkazilgan deputatlar saylovining natijalari to‘g‘risida.

🔹 2-masala.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.

🔹 3-masala.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil
7-fevraldagi PQ-48-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda Olmazor tumanida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida.

🔹4-masala.
“Toshshaharnur” DUK Olmazor tumani tashqi yoritish tarmoqlarining 2026-yilda amalga oshirayotgan ishlari, mavjud tarmoqlarning texnik holati hamda hududlarni tashqi yoritish bilan ta’minlash samaradorligi to‘g‘risida

➡️ Sessiya davomida mazkur masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirildi.

💡Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish, aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 7