35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLARGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR 🏢 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlarining qonunchilikdagi bilimlarini oshirish, o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlashda huquqiy asoslarni mustahkamlash maqsadida deputatlarga tegishli qonun hujjatlari biriktirilgan.
янв.21
“AHIL” MAHALLASIDA IJRO MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
249-MAKTAB — YUKSAK MAQSADLAR SARI YO‘L OCHGAN TA’LIM MASKANI
янв.21
MUNOSIB MEHNATGA — MUNOSIB E’TIROF!
янв.21
YANGI SAYLANGAN DEPUTATLARGA DEPUTATLIK GUVOHNOMASI VA KO‘KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTATLARGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR DAVOMATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha hamds Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
7-sonli DMTTdagi muammo yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

Paxtakor MFY saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashuvlar hamda joyiga chiqqan holda olib borilgan o‘rganishlar davomida “Zilola” 7-sonli DMTTda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishda navbatning ko‘pligi va xonalar yetishmasligi bilan bog‘liq muammo aniqlandi.

O‘rganishlar davomida 210 o‘ringa mo‘ljallangan DMTTda amalda 249 nafar bola tarbiyalanayotgani, navbatda esa 384 nafar bola turgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, binoda foydalanish uchun ta’mirtalab bo‘lgan 2 ta xona mavjudligi aniqlandi.

Mazkur xonalarni ta’mirlash va foydalanishga topshirish orqali qo‘shimcha guruhlar tashkil etish hamda bolalar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish imkoniyati mavjud.

Shu munosabat bilan aniqlangan muammoni bartaraf etish, ta’mirtalab xonalarni ta’mirlash va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1