✅️O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan Xalq deputatlari shahar Kengashi "Milliy tiklanish" deputatlik guruhi faoliyati o‘rganildi.
✅️O‘rganishlar bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi va unda deputatlarning deputat so‘rovi institutidan samarali foydalanish, ijro hokimiyati va mahalliy tashkilotlar faoliyati yuzasidan aniq maʼlumotlar olish, hisobdorlikni taʼminlash kabi masalalar muhokama qilindi.
✅️Shuningdek, mahalliy Kengash sessiyalariga masala kiritish amaliyoti, deputatning tashabbus ko‘rsatish imkoniyatlari va mahalliy qarorlarni qabul qilishda aholining manfaatlarini inobatga olish mexanizmlariga ham eʼtibor qaratildi. Deputatlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash bo‘yicha takliflar bildirildi.