Yangi yil munosabati bilan bog‘cha tarbiyalanuvchilariga bayram sovg‘alari ulashildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Raxamov Qulto‘ra Normurodovich tomonidan yangi yil bayrami munosabati bilan o‘z saylov okrugidagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga bayram sovg‘alari topshirildi.
Ushbu tashabbus yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, bolalarga bayramona kayfiyat ulashish hamda yangi yilni quvonch bilan qarshi olish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida bolalarning quvonchi va ota-onalarning minnatdorchiligi alohida e’tirof etildi.