Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Xodjiqulov Sahobiddin Sirojiddinovich tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz–qish mavsumi uchun ajratilgan ko‘mirning sifati yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.
Nazorat-tahlil jarayoni davomida Yangihayot MFY hududidagi
8-umumta'lim maktabi hamda 9-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasida yetkazib berilgan ko‘mir namunalari belgilangan texnik va sifat talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganildi. Jumladan, ko‘mirning umumiy holati, namligi hamda issiqlik berish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ijtimoiy soha obyektlarining qish mavsumida barqaror faoliyatini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati ishlari belgilangan reja asosida davom ettiriladi.