🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Asqar Baxramov tumandagi Xamza mahallasida bo‘lib, mahalla raisi Abdurahim Qodirov bilan birgalikda mahalla hududiga oid dolzarb masalalar va kelib tushgan murojaatlar yuzasidan muhokama o‘tkazdi.
📝O'rganish davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning mazmuni tahlil qilinib, ularni hal etish mexanizmlari, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik hamda muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
✅Muhokama yakunida murojaatlarni nazoratga olish, ularning ijrosini ta’minlash hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.