Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati Nilufar Uralova tomonidan Bekobod shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 10-sinf o‘quvchilari uchun navbatdagi “Kelajak soati” dars mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur uchrashuv “Men O‘zbekistonlikman” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars mashg‘uloti davomida deputat Nilufar Uralova o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. U o‘z nutqida yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy
g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash, shuningdek, ularning kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashda bunday ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlarning ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi. “Men o‘zbekistonlikman” mavzusi doirasida o‘quvchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan
imkoniyatlar, ta’lim va taraqqiyot yo‘lidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.