O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman partiya tashkiloti hamda partiyadan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan tumandagi jtimoiy soha obyektlarining qish mavsumiga tayyorgarligi doirasida olib borilayotgan ishlar jamoatchilik nazorati asosida o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida, avvalo, ta’lim muassasalarida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu munosabat bilan partiya vakili va deputatlik guruhi rahbari Malikobod hamda Furqat mahallalari hududida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.