Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
Olmazor tumanidagi "Nihol" MFY da mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi
янв.21
«Menga umr baxsh et» xayriya aksiyasi
янв.21
Deputat Xalqaro forumda mukofotlandi va Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasidagi tashabbuslari E'tirof etildi
янв.21
“Salomatlik va ekologiya: Iqlim o‘zgarishi va uning aholi salomatligiga ta’siri”
янв.21
Atrof-muhitni asrashga bag‘ishlangan “Ko‘ngil ekologiyasi” rasmlar tanlovi o‘tkazildi
янв.21
Аtrof-muhit uchun ekologik texnologiyalar
янв.21
Deputat o‘z saylov okruglarida mahalla obodonlashtirish masalalarini muhokama qildi.
янв.21
Tumandagi ijtimoiy soha faoliyati deputat nazotatida
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani 15-"Bo'stonobod" saylov okrugi deputati U.Fayziyeva "Gani Azamov" Mahalla fuqarolar yig`inlarida fuqarolar qabuli bo`lib o'tdi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI KAMAYTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR NAZORAT QILINDI.

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati Xakimova Lola Eshpulatovna tomonidan “Boybuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

Jumladan, aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning ehtiyojlari, ularning daromad manbalarini kengaytirish, bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy faolligini oshirishga oid takliflari tinglandi. Shuningdek, mahalla hududida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunar o‘qitish imkoniyatlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajratilayotgan subsidiya va imtiyozli kreditlar ulashish jarayonlari bo‘yicha mas’ul tashkilot va xizmatlar rahbarlaridan tegishli ma’lumotlar olindi.

Mazkur o‘rganishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirildi. Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining samaradorligini baholashga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni hal etish, aholi ehtiyojlariga mos manzilli yordamlarni kengaytirish va mahallada iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4