Oltinsoy tumanida aholining imkoniyatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan uyma-uy xonadonlarni o‘rganish jarayoni izchil davom etmoqda. Ushbu jarayonda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati ham faol ishtirok etmoqdalar.
Jumladan, deputat Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna o‘zi saylangan hududdagi xonadonlarga tashrif buyurib, aholining turmush sharoiti, taklif va murojaatlarini o‘rganmoqda. Fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga so‘rovnomalar chiqarilmoqda va ijrosi bo‘yicha amaliy choralar belgilanmoqda. Mazkur o‘rganish ishlari aholining ehtiyojlarini chuqur o‘rganish, ular bilan bevosita muloqotni kuchaytirish va deputatlik nazoratini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.