Mahallalarda aholiga tezkor va sifatli tibbiy yordam ko'rsatish holati o'rganildi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M. Nurmanova okrugidagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati bilan yaqindan tanishdi.
Deputat tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashib, mavjud sharoitlar va xizmat ko‘rsatish sifatini o‘rgandi. Shuningdek, aholining tibbiy xizmatlardan roziligi hamda takliflari tinglandi.