Mahalla faoliyati deputat e’tiborida
🏛Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Raxmonova tumandagi "Sorisuv" mahallasida bo‘lib, mahalla faoliyati, aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mahalladagi mavjud muommolar bilan yaqindan tanishdi.
✅Uchrashuvda mahalladagi ijtimoiy muhit, obodonlashtirish ishlari, ayollar va yoshlar bandligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan o‘rganildi.
Shuningdek, deputat tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlarda aholining faolligini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.