🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sobirxon Samatov tomonidan Nurobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹Tashrif davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi to‘liq yangilangani, eski quvurlar zamonaviylariga almashtirilganligi, shuningdek, 120 tonna ko‘mir zaxirasi tayyorlab qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, isitishda uzilishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
🔹Shu bilan birga, maishiy chiqindixonalar holati va chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.
🔹Ushbu ixtisoslashtirilgan maktabda 100 o‘rinli yotoqxona mavjud bo‘lib, o‘quvchilrga xamma sharoitlar yaratilganyu Bundan tashqari maktab derktori tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekish uchun joylari tayyorlanmokda.
🔹Deputatlar tomonidan maktabdagi mavjud muammolarni o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi