#MUNOSABAT
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston gazetasi»da chop etilgan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” maqolasida aytib o'tilgan, Markaziy Osiyo davlatlari endi faqat qo‘shni bo‘lgani uchun emas, balki ishonch va hamjiҳatlik asosida hamkorlik qilmoqda. Bu tamoyil tumanimizda ham aholimiz va tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, iqtisodiy rivojlanish ham aniq sezilmoqda. So‘nggi sakkiz yil ichida mintaqa mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti va o‘zaro savdo hajmi taxminan ikki barobar oshgan. Payariq tumani tadbirkorlari uchun bu yangi loyihalarni amalga oshirish va mahsulotlarni almashish imkonini beradi.
Mintaqaviy hamkorlik va iqtisodiy o‘sish nafaqat davlatlar, balki mahalliy aholimiz va tadbirkorlik rivoji uchun ham katta imkoniyatdir.